“Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni ta’sis etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Oliy Darajali Do‘stlik» ordenini ta’sis etish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 30 sentyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019 yil 11 oktyabrda ma’qullangan


1-modda. «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni ta’sis etilsin.

2-modda. «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).

3-modda. «Oliy Darajali Do‘stlik» ordenining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).

4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995 yil 22 dekabrda qabul qilingan «Davlat mukofotlari to‘g‘risida»gi 176–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 11 aprelda qabul qilingan O‘RQ–473-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, № 4, 221-modda;
2019 yil, № 9, 589-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 8-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«O‘zbekiston Respublikasining ordenlari tarkibiga «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni ham kiradi»;

2) 15-modda quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni ko‘krakning o‘ng tomoniga yoki orden zanjirida taqiladi»;

sakkizinchi – o‘n to‘rtinchi qismlari tegishincha to‘qqizinchi – o‘n beshinchi qismlar deb hisoblansin;

o‘n ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Plankalardagi lentalarni taqib yurish qoidalari oliy mukofot belgisi – «Oltin Yulduz» medaliga, «Mustaqillik», «Amir Temur», «Jaloliddin Manguberdi», «Oliy Darajali Do‘stlik» ordenlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlariga doir ko‘krak nishonlariga nisbatan qo‘llanilmaydi».

5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
Sh. Mirziyoyev


«Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni to‘g‘risida

NIZOM

1. «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi xalqining cheksiz hurmat va ehtirom ramzi sifatida O‘zbekiston Respublikasi bilan o‘zaro do‘stlik, har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini barqaror rivojlantirishda, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni hal etishda yuksak siyosiy iroda namoyon etgan, faol tashabbuslarni ilgari surgan va ko‘p qirrali hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga yangicha ruh, chuqur va amaliy mazmun bag‘ishlagan hamda O‘zbekiston Respublikasi oldidagi alohida e’tirof etilgan yuksak xizmatlari uchun:

•    xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari;

•    xorijiy mamlakatlar parlamentlari vakillari;

•    xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda ularga tenglashtirilgan boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillari;

•    atoqli davlat va jamoat arboblari, ilm-fan, ta’lim va tarbiya, sog‘liqni saqlash, ma’naviyat, madaniyat va sport sohalarining ko‘zga ko‘ringan ulkan namoyandalari, insonparvarlik ruhidagi ezgu ishlari bilan nom qozongan metsenatlar, biznes hamjamiyatining taniqli vakillari mukofotlanadi.

2. «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan:

•    O‘zbekiston Respublikasi bilan chet davlatlari o‘rtasida har tomonlama manfaatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, o‘zaro hurmat va ishonchni kuchaytirishdagi shaxsiy hissasi;

•    xorijiy mamlakatlarning xalqlari bilan do‘stlik, hamjihatlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash borasida ko‘rsatgan alohida xizmatlari;

•    umuminsoniy va milliy ma’naviy qadriyatlarni, tarixiy merosimizni asrab-avaylash, o‘rganish va keng targ‘ib etish, turli xalqlar madaniyati va san’atini yanada boyitishdagi faol ishtiroki;

•    tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish, yirik ijtimoiy-iqtisodiy va investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni yaratish hamda turli sohalarga tatbiq etishda erishgan salmoqli natijalari;

•    ilm-fan va ma’rifat, madaniyat, san’at va adabiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport sohalarini, shuningdek, inson kapitalini rivojlantirish borasidagi katta yutuqlari;

•    inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlashdagi ko‘p yillik va fidokorona mehnati;

•    kuchli va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatimizni demokratik yangilashdagi roli va ahamiyatini oshirish, jamiyat va davlat o‘rtasidagi tizimli va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari;

•    ekologik muammolarni hal etish, sayyoramiz va mamlakatimizda qulay atrof-muhitni ta’minlash, inson genofondini saqlash, bioxilma-xillik va tabiiy boyliklarni asrab-avaylash, hozirgi va kelgusi avlodning ekologik xavfsizligi haqida g‘amxo‘rlik qilishga qaratilgan ko‘p yillik samarali faoliyati;

•    xalqaro miqyosdagi ulkan jamoatchilik, gumanitar va xayriya faoliyati uchun mukofotlanadi.

3. «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar taqdirlanishi mumkin. Bunda «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasining oliy davlat mukofoti hisoblanadi.

4. «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Orden bilan mukofotlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

5. «Oliy Darajali Do‘stlik» ordenini va mukofotlash to‘g‘risidagi tegishli hujjatni topshirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoki uning topshirig‘iga binoan boshqa mutasaddi rahbarlar tomonidan tantanali vaziyatda amalga oshiriladi.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tashabbusi bilan amalga oshiriladi.

7. «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti yoki esdalik sovg‘alarini oladilar, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan foydalanadilar.

8. «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni tegishli ketma-ketlikka rioya etgan holda ko‘krakning o‘ng tomoniga yoki orden zanjirida taqib yuriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Oliy Darajali Do'stlik ordeni

Baholaganlar

12

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar