Oliy attestatsiya komissiyasiga rais tayinlandi
Jamiyat
−
19:55 2564 1 daqiqa
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan Munira Abduğofurovna Aminova Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi etib tayinlandi. Bu haqda Oliy attestatsiya komissiyasi xabar berdi.
Ma’lumot uçun, Munira Aminova mazkur tayinlovga qadar Buyuk Britaniyaning Qirollik qişloq xöjaligi universiteti bilan hamkorlikda Toşkent şahrida taşkil etilgan Xalqaro qişloq xöjaligi universiteti rektori lavozimida faoliyat körsatgan.
Mehnat faoliyati davomida Özbekiston Moliya vazirligi, Xalqaro Vestminster universiteti, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti, Xalqaro ma’muriy fanlar instituti, Evropa Ittifoqi dasturlari hamda Belgiya va Niderlandiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida rahbarlik, ilmiy-pedagogik va ekspertlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Munira Aminova – siyosiy fanlar doktori, davlat boşqaruvi va oliy ta’lim sohalarida katta tajribaga ega. U Toşkent davlat texnika universiteti, Buyuk Britaniyadagi Birmingem universiteti va Bryussel Vriye universitetida tahsil olgan. 2024 yildan Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirining maslahatçisi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Live
Barchasi27 Oktyabr