Oliveyraning murabbiyi Maxachev bilan jang oldidan katta gapirdi

Sport

image

Braziliyalik UFC jangchisi Charlz Oliveyraning murabbiyi Aliriza Noye rossiyalik jangchi Islom Maxachevning kurash mahoratini yuqori baholadi.

Mutaxassisning fikricha, Maxachev sobiq UFC chempioni Habib Nurmuhamedovga nisbatan kuchliroq sportchi.

“Oliveyraning raqibi mahoratli kurashchi. Menimcha, Maxachev Habibdan yaxshiroq jang qiladi.

Charlz bilan uzoq muddatdan buyon mashq qilmoqdamiz va men Maxachev Oliveyrani yiqita olishiga ishonmayman. Jang uchinchi raundda yakunlanadi. Oliveyra Islamni taslim bo‘lishiga majbur qiladi yoki nokautga uchratadi", deydi Aliriza Noye.

Eslatib o‘tamiz, Maxachev Oliveyra ustidan g‘alaba qozongan taqdirda yengil vazn toifasida UFC chempioniga aylanadi. Chempionlik jangi 22 oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi.

Shahzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

226

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing