Oliveyra - Dariush jangi muddatidan oldin yakunlandi
Sport
−
11 iyun 2023 4764 1 daqiqa
Kanadada bo‘lib o‘tgan UFC 289 turnirining “Co main event” jangi muddatidan oldin yakunlandi. Mazkur to‘qnashuvda yengil vazn toifasi vakili braziliyalik sobiq chempion Charlz Oliveyra AQSH vakili Benil Dariushni 1-raundning so‘nggi daqiqasida nokautga uchratdi.
Dastlabki daqiqalarni o‘z hisobiga yozib borayotgan Dariush jiu-jitsu ustasini parterda qiynab qo‘ydi. Nokautga qadar to‘liq ustunlik qayd etgan amerikalik raund so‘ngida ikkita kuchli zarba o‘tkazib yubordi va himoyalanishga majbur bo‘ldi.

Ketma-ket berilgan zarbalar natijasida referi passiv himoya qayd etib, jangni to‘xtatdi. Shu tariqa, da’vogarlik uchun kechgan jangda texnik nokaut evaziga braziliyalik sportchining qo‘li baland ko‘tarildi.
Ma’lumot uchun, yengil vazn toifasida o‘tkazilgan mazkur jang g‘olibi bo‘lgan Oliveyra amaldagi UFC chempioni rossiyalik Islom Maxachevga qarshi kamar uchun jang qilish imkonini qo‘lga kiritdi. Bundan ko‘rinib turibdiki, navbatdagi jang revansh maqomida bo‘ladi.
Muhsinjon Umurzoqov
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr