Olis hududlarda ko‘mir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratiladi
Jamiyat
−
24 Sentabr 2022
5619Borish qiyin bo‘lgan 500 ga yaqin olis qishloqlarda ko‘mir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining kecha, 23 sentyabr kuni qabul qilingan “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.
Qarorga ko‘ra, 2022/2023 yillar kuz-qish davrida respublika bo‘yicha 2 967 ta ko‘p kvartirali uylar, 299 ta gaz taqsimlash punktlari, 1 815,3 km ichimlik suvi tarmoqlari, 2,420 ta ijtimoiy soha ob’ektlari (jumladan, 13 ta maktab, 74 ta shifoxona va poliklinika, 7 ta OTM, 47 ta madaniyat ob’ektlari, 11 ta sport ob’ektlari mukammal) ta’mirlanadi.
Shuningdek, 149 km gaz quvurlarini tiklash-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi, 6 209 ta mahallaga 314 400 tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriladi.
Bundan tashqari, 1 680 000 tonna ko‘mir mahsulotlari zaxirasi yaratiladi (shundan ijtimoiy soha ob’ektlariga 518 000 tonna ko‘mir yetkazib beriladi). 443 ta olis va borish qiyin bo‘lgan qishloq (ovul)larda ko‘mir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratiladi.
LiveBarchasi