Olimpiadaning to‘qqizinchi kunidan so‘ng medallar jamg‘arish reytingi qanday?

Sport

−

image

Kecha, 15 fevral kuni Italiyada bo‘lib o‘tayotgan qishki Olimpiya o‘yinlarining to‘qqizinchi rasmiy musobaqa kuni yakunlandi. Kun doirasida sportchilar sakkiz xil sport turi bo‘yicha( biatlon, tog‘ chang‘isi, konkida uchish, kross-kantri chang‘isi, chang‘idan sakrash, skeleton, snoubord va erkin uslubdagi chang‘i sporti) to‘qqizta medallar uchun kurashdi. 

Kun yakunlariga ko‘ra, Norvegiya jamoasi jami 26 ta medal (12 ta oltin, 7 ta kumush va 7 ta bronza) bilan medallar jamg‘arish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi. Italiya jamoasi ham 22 ta medal (8 ta oltin, 4 ta kumush va 10 ta bronza) bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. AQSH jamoasi esa 17 ta medal (5 ta oltin, 8 ta kumush va 4 ta bronza) bilan kuchli uchlikka yakun yasadi.

Medallar jamg‘arish bo‘yicha TOP-10 talik quyidagicha:

  • Norvegiya – 12 oltin, 7 kumush, 7 bronza;
  • Italiya   – 8 oltin, 4 kumush, 10 bronza;
  • AQSH – 5 oltin, 8 kumush, 4 bronza;
  • Niderlandiya – 5 oltin, 5 kumush, 1 bronza;
  • Shvetsiya    – 5 oltin, 5 kumush, 1 bronza;
  • Fransiya   – 4 oltin, 7 kumush, 4 bronza;
  • Germaniya  – 4 oltin, 6 kumush, 5 bronza;
  • Avstriya  – 4 oltin, 6 kumush, 3 bronza;
  • Shveysariya  – 4 oltin, 2 kumush, 3 bronza;
  •  Yaponiya – 3 oltin, 5 kumush 9 bronza.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 fevralga o‘tar kechasi o‘zbekistonlik short-trekchi Daniil Yeybog qishki Olimpiya o‘yinlarida qatnashib, “B” finalda ishtirok etdi va musobaqani 14-o‘rinda yakunladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing