Olimpiadada eng keksa chempion aniqlandi

Sport

image

Amerikalik bobsleychi Elana Mayers-Teylor Italiyada o‘tayotgan 2026 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarida tarixiy g‘alabaga erishdi. U ushbu musobaqa tarixida oltin medal qo‘lga kiritgan eng keksa sportchiga aylandi.

Kecha, 16 fevral kuni Elana bobsley bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar yakkalik yo‘nalishida oltin medalni qo‘lga kiritdi. U hal qiluvchi to‘rtinchi chiqishdan avval ikkinchi o‘rinda borayotgandi, biroq yakunda peshqadamlikni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Bu orqali Mayers-Teylor faoliyatida ilk bor Olimpiya chempioniga aylandi. 

Shu tariqa, amerikalik sportchi qishki Olimpiya o‘yinlari tarixidagi eng yoshi katta individual musobaqa chempioni sifatida ham rekord o‘rnatdi. Chempionlikni nishonlagan paytda u 41 yosh, 4 oy va 6 kunlik edi.

Ushbu natija bilan Mayers-Teylor Bendjamin Karlning joriy yilning 8 fevral kuni o‘rnatgan rekordini yangiladi. Avstriyalik snoubordchi oltin medalni 40 yosh, 3 oy va 23 kunligida qo‘lga kiritgandi.

Shuningdek, bobsley yakkalik bahslarida kumush medal germaniyalik Laura Noltega (+0,04 soniya), bronza medal esa yana bir amerikalik Xamfris Keyliga (+0,12 soniya) nasib etdi.

Ma’lumot uchun, shu paytgacha Elana Mayers-Teylor 2010, 2014, 2018 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarida uchta kumush, 2014 va 2018 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ikkita bronza medalni ham qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing