Olimpiada oldidan Fransiya xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda

Sport

image

Parijdagi Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimiga yetti oy qolganida Fransiya teraktlarning oldini olish rejasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda “Globo” xabar berdi.

Olimpiada o‘yinlarining ochilishi misli ko‘rilmagan formatda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbir stadionda emas, Sena daryosi qirg‘og‘ida bo‘lib o‘tadi. Mehmonlar soni taxminan 600 ming kishini tashkil qiladi. 

Shunday qilib, hokimiyat xavfsizlikni o‘rnatish uchun jiddiy choralarni ko‘rishga qaror qildi.

Fransiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, belgilangan vazifalarni bajarish uchun 40 ming harbiy va politsiya xodimlari ajratilishi kutilmoqda. Har 100 metr hududga to‘rt kishidan xavfsizlik xodimi o‘z faoliyatini olib borishi ko‘zda tutilyapti.

Parij havo hududi va yaqin atrofdagi metro bekatlari ham ochilish kuni yopiladi.

Ma’lumot uchun, Olimpiada bahslari 26 iyuldan 11 avgustga qadar o‘tkaziladi. Bu tarixdagi 33-Olimpiada hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada o'yinlari Globo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing