Olimpiada arafasida Parijdan 5 mingga yaqin muhojirlar chiqarib yuborildi – NYT
Sport
−
12 iyul
2342O‘tgan yil davomida Fransiya hukumati 2024 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlari munosabati bilan Parijdan boshpanasiz qolgan 5 mingga yaqin muhojirni chiqarib yubordi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, migrantlar avtobusda Lion yoki Marselga olib ketiladi va o‘sha yerda maxsus boshpanalarga joylashtiriladi. Hukumat uysizlarning aynan yaqinlashib kelayotgan Olimpiada tufayli haydab chiqarilayotgani haqidagi gaplarni inkor etib, hammasi “ixtiyoriy ko‘chirish dasturi” doirasida amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, uysiz muhojirlarni ko‘chirishdan maqsad aynan Olimpiya o‘yinlari ob’ektlari yaqinidagi joylarda muhojir odamlarni aniqlashdan iborat.
Muhojirlarga ko‘ra, rasmiylar ularni uy-joy bilan ta’minlash, shuningdek, ijtimoiy yordam ko‘rsatishni va’da qilmoqda. Uysizlar boshpanalarga joylashtirilgach, ular uy olish mezonlariga javob beradimi yoki yo‘qmi, tekshiriladi. Mezonlarga javob beradiganlar boshpana so‘rovi ko‘rib chiqilayotganda uzoq muddatli uy-joy bilan ta’minlanishi mumkin, biroq uysiz muhojirlarning atigi 40 foizigina bunday uy-joy egasiga aylana oladi.
Qayd etish joiz, iyun oyi boshida Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik munosabati bilan yil davomida Parij hududidan doimiy yashash joyi bo‘lmagan 13 mingga yaqin odam olib chiqildi. Tanganing boshqa tomoni shundaki, inson huquqlari tashkiloti vakillari uysizlar muammosiga maqbul yechim topish talabi bilan Fransiya Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilmoqchi. Xususan, faollar uysizlar uchun 20 mingga yaqin joy yaratish zarur, deb hisoblamoqda.
LiveBarchasi