Olimpiada-2020 o‘yinlari tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi mumkin

Olam

image

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) 2020 yildan joriy yilga qoldirilgan Tokio Olimpiadasini bekor qilishni rejalashtirmayapti. Biroq musobaqani tomoshabinlarsiz o‘tkazish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda XOQ vakili Richard Paund ma’lum qilgan. 

"XOQ Olimpiadani bekor qilmoqchi emas", degan u va koronavirus tufayli yuzaga kelgan qiyin epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda o‘yinlarni tomoshabinlarsiz o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘lishini ta’kidlagan.

Shuningdek, Paundning aytishicha, Olimpiadani yana kechiktirish ishni qiyinlashtiradi. 

"O‘yinlarni tomoshabinlar bilan o‘tkazish juda yoqimli, lekin bu shart emas", degan Paund.

Shu bilan birga, XOQ vakili hozircha Olimpiadani amaldagi rejaga muvofiq o‘tkazilishiga hech kim kafolat berolmasligini ta’kidlagan.

Ma’lumot o‘rnida, Tokiodagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari 2020 yilning yozida bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo musobaqalar pandemiya sababli, bir yilga qoldirilgan. Hozirda Olimpiya o‘yinlarini 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha, Paralimpiya o‘yinlarini esa 24 avgustdan 5 sentyabrgacha o‘tkazish rejalashtirilgan.

Avvalroq, Yaponiya xalqi pandemiya sababli 2021 yilda ham Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari o‘tkazilishiga qarshilik qilayotgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiya-2020

Baholaganlar

15

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar