Olimlar yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida turgan mamlakatlarni ma’lum qildi

Olam

image

Mutaxascislarning ta’kidlashicha, haroratning 1,5 darajadan ko‘proq isishi Tinch okeanidagi ba’zi orol davlatlarining yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mintaqa mamlakatlari anchadan beri kuchli dengiz to‘lqinlari, kuchli siklonlar, uzoq davom etgan qurg‘oqchilik va yer osti suvlarining sho‘rlanishi oqibatida qishloq xo‘jaligiga zarar yetishidan aziyat chekmoqda. Bundan tashqari, Jahon okeani sathining ko‘tarilishi tufayli ko‘plab mamlakatlarni suv bosyapti.

“Bu holatlar Kiribati, Vanuatu va Solomon orollari kabi davlatlarni yashashga yaroqsiz holatga keltiradi”, deydi tadqiqotchi Nikola Kazule.

Ta’kidlanishicha, sayyorada yuz berayotgan tabiiy ofatlar – AQSH, Kanada, Sibir, Turkiya va Gretsiyada yuz bergan yong‘inlar, Xitoydagi suv toshqini iqlim inqiroziga olib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1684

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing