Olimlar: SARS-CoV-2 virusi AQSHda 2019 yilda paydo bo‘lgan
Olam
−
16 iyun 2021 5736 1 daqiqa
Olimlar tomonidan o‘tkazilgan sinovlar COVID-19 AQSHda 2019 yil dekabrda paydo bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Bu haqda AQSH Milliy sog‘liqni saqlash institutlari (NIH) xabar qilmoqda.
“Yangi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, SARS-CoV-2 infeksiyasi beshta shtatda kasallik tarqalgani to‘g‘risida berilgan xabardan oldin topilgan. Unga ko‘ra koronavirusni keltirib chiqaradigan virus AQSHda dekabr oyidayoq mavjud bo‘lgan”, deyiladi xabarda.
Tadqiqotchilar 2020 yil 2 yanvardan 18 martgacha bo‘lgan davrda 24000 dan ortiq qon namunalarini tahlil qildilar. Illinoys, Massachusets, Missisipi, Pensilvaniya va Viskonsin shtatlaridagi 9 nafar insonda SARS-CoV-2 ga qarshi antitanalar aniqlandi. Ijobiy namunalarning aksariyati ushbu shtatlarda qayd etilgan dastlabki holatlardan oldin to‘plangan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 177,4 mln nafar insonda COVID-19 aniqlangan bo‘lib, ularning 161,9 mln nafari davolangan va 3,8 mln nafari vafot etgan.
Islomjon Omonjonov
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025