Olimlar saratonga qarshi samarali vosita kashf qildi
Salomatlik
−
24 aprel 2022
29447Germaniyaning Konstans universiteti tadqiqotchilari saraton hujayralari tarqalishiga samarali qarshilik ko‘rsatadigan moddani topishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “Focus” nashri xabar bergan.
“Cell Chemical Biology” jurnalida chop etilgan biolog Kristof Xauk boshchiligidagi guruh tadqiqotida onkologiya rivojlanishiga samarali qarshilik ko‘rsata oladigan yangi turdagi ingibitorni (jarayonni bostiruvchi modda) topish haqida yozilgan. Ingibitor saraton hujayralarini berkitib qo‘yadi va shu bilan ularning sog‘lom to‘qimalarga kirib borishini oldini oladi.
Bunda o‘simta hujayralarini izolyatsiya qilish quyidagicha ishlaydi:
Biror kishi saraton kasalligiga chalinganda, hujayra o‘sishi nazoratdan chiqib ketadi. Hujayrada sodir bo‘ladigan barcha jarayon ikkita ferment guruhining mavjudligini talab qiladi:
- protein fosfataza;
- protein kinazlari.
Ushbu ikki ferment inson tanasidagi o‘sish, ko‘payish, farqlash va harakat kabi barcha hujayra jarayonlarini boshqaradi.
Aynan ushbu jarayonda Xauk boshchiligidagi tadqiqot guruhining ingibitori harakatga kirishadi. U o‘simta hujayralaridagi asosiy ferment - protein fosfataza PPM1F'ni chiqarib yuboradi. Endi ingibitor, bir so‘z bilan aytganda, saraton hujayrasiga yopishadi va shu bilan uni harakat qilish qobiliyatidan mahrum qiladi. Natijada o‘simta sog‘lom to‘qimalarga kirolmaydi. Bu tarqalishning oldini oladi.
Topilgan ingibitor saraton hujayralarining yuqori harakatchanligini oldini olishda samaradorligi uchun blokirovka deb nomlangan.
LiveBarchasi