Olimlar “omicron” bolalarda og‘ir kechishidan ogohlantirmoqda
Salomatlik
−
26 yanvar 2022
9005Koronavirusning “omicron” shtammi ko‘pincha bolalarda bronxlarga ta’sir qiladi, shu sabab bola shifoxonaga va hattoki reanimatsiyaga ham tushib qolishi mumkin. Bu haqda haqda Rossiya Fanlar akademiyasi a’zosi Aleksandr Gorelov ma’lum qildi.
"Bolalarda kasallikning kechishining ma’lum bir xususiyatlari aniqlangan - kasallik stereotipik tarzda boshlanadi, lekin ko‘pincha bronxiolitning namoyon bo‘lishi kuzatiladi, bu esa majburiy tibbiy yordamni talab qiladi, ba’zan esa shifoxonaga va hattoki reanimatsiyaga ham tushib qolishi mumkin. Bundan tashqari, har uchinchi bolada diareya kuzatilmoqda”, deydi Gorelov.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, odatda bunday asoratlar ikki yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi.
Gorelov, shuningdek, bolalarda koronavirusni qayta yuqtirish ehtimolini ham inkor etmadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 yanvar kuni O‘zbekistonda “omicron” shtammi bilan kasallangan birinchi bemor aniqlangan.
LiveBarchasi