Olimlar koronavirusning o‘ta tez mutatsiyaga kirayotganini aniqlashdi
Salomatlik
−
26 Oktabr 2020
13687Suriyada o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, koronavirus mutatsiyalarining yangi turi D614G eng keng tarqalgan bo‘lib, u yuqori nafas yo‘llarida ko‘p uchraydi. Olimlarning xulosalari yozilgan maqola Nature ilmiy jurnalida e’lon qilindi.
"SARS-CoV-2 ning mutatsiyalangan shakli ustida tajriba olib borildi. Ushbu topilma bemorlarda yangi holat uchrayotganini tasdiqladi va D614G mutatsiyasi tufayli virus aslida bir qurbondan boshqasiga yaxshi tarqalishi mumkin", deb yozadi tadqiqotchilar.
Xitoyda COVID-19 epidemiyasi boshlanganidanoq, olimlar uni keltirib chiqaradigan SARS-CoV-2 koronavirusi qaysi yo‘nalishda va qanday rivojlanayotganini tushunishga harakat qilmoqda. Mutatsiyalarni grippning qo‘zg‘atuvchisi bilan bir xil tezlikda to‘planishi allaqachon ma’lum bo‘ldi. Biroq olimlar ushbu mutatsiyalar nimaga olib kelishini hali to‘liq anglay olishmayapti.
Olimlar koronavirus genomidagi birinchi katta o‘zgarishni mart oyining boshlarida qayd etishdi. Keyin Yevropada koronavirusning yangi shtammlari tarqala boshladi, ular S genida umumiy mutatsiya bilan ajralib turardi.