Olimlar inson uchun eng foydali mevani aniqladi

Salomatlik

image

AQSHning Pensilvaniya universiteti olimlari avokadolar tanadagi "yomon" xolesterin miqdorini kamaytiradi va natijada yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini kamaytiradi, degan xulosaga keldi. Bu haqda MK xabar bermoqda. 

Ushbu meva Meksikada o‘sadi. Uning tarkibida magniy, kaliy, K vitamini, Ye vitamini, foliy kislotasi, riboflavin, niatsin, tiamin, pantotenik kislota va boshqa foydali moddalar mavjud. 

Mevani o‘rganish ustida ilmiy ish mualliflari uch guruhga bo‘linib, 45 kishini eksperimentda ishtirok etishga taklif qildi. Ba’zi ko‘ngillilar har kuni avokadolarni iste’mol qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, avokadolarni muntazam ravishda iste’mol qiladigan ko‘ngillilarda xolesterinning asosiy tashuvchisi hisoblangan oksidlangan past zichlikdagi lipoproteinlar miqdori tajriba davomida sezilarli darajada kamaydi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, natijalar avokadoning yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini kamaytirishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Shu munosabat bilan mutaxassislar ushbu mahsulotni o‘z diyetasiga kiritishni maslahat beradi.

Ayniqsa uning ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun foydasi katta.


Maqola muallifi

Teglar

Pensil'vaniya universiteti olimlari avokado

Baholaganlar

298

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar