Olimlar dunyodagi eng noyob qon guruhini aniqladi

Olam

image

Fransiyaning qon bilan ishlash agentligida (Etablissement Français du Sang) olimlar dunyodagi eng noyob qon turini aniqladi. Bu haqda “Sciencealert” xabar berdi.

“Gwada negative” deb nomlangan bu yangi qon guruhi hozircha faqat bitta insonda Gvadelupa orolidan bo‘lgan fransuz ayolda aniqlangan.

Bu kashfiyot 15 yil avval, 2011 yilda ayol operatsiya oldidan oddiy tibbiy tekshiruvdan o‘tayotganida, qonida “g‘alati antitana” aniqlangach boshlangan. Ammo o‘sha vaqtda ilmiy texnologiyalar bu hodisani chuqur tahlil qilishga imkon bermagan.

2019 yilga kelib, olimlar genetik ketma-ketlikni yuqori aniqlikda o‘rganish texnologiyasi (high-throughput DNA sequencing) yordamida bu ayolda mavjud bo‘lgan qon turining ilgari noma’lum bo‘lgan genetik mutatsiya asosida yuzaga kelganini aniqlagan. Ayol bu noyob qon turini otasi va onasidan olgan – ikkisi ham bir xil mutatsiyaga ega bo‘lgan.

Bu qon guruhi joriy yilning iyun oyida Milanda bo‘lib o‘tgan Xalqaro qon transfuziyasi jamiyati (ISBT) tomonidan rasmiy tarzda dunyoning 48-qon guruhi tizimi sifatida e’tirof etilgan. 

EFS vakillari bu kabi yangi qon guruhlarini aniqlash noyob qon turlariga ega bemorlar uchun tibbiy xizmat sifatini oshirishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.

Olimlar endi “Gwada negative” qon turiga ega boshqa insonlarni topish uchun izlanishni davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Yaponiyaning Nara tibbiyot universiteti professori Hiromi Sakai boshchiligidagi olimlar guruhi yangi turdagi, istalgan guruhdagi bemorlarga quyilishi mumkin bo‘lgan sun’iy qon ishlab chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya qon turi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing