Olimlar Hind okeanida yangi quruqlik paydo bo‘layotganini aniqladi

Bu qiziq

image

Fransiya va Avstraliyadan kelgan geologlar Hind okeanining janubidagi bir nechta orollarning tosh tarkibini tahlil qilishdi va u yerda "embrion holatda" bo‘lgan yangi qit’a paydo bo‘lishini aniqlashdi. Tadqiqotchilarning maqolasi “Terra Nova” jurnalida chop etildi.

Geologlar Antarktida yaqinidagi Hind okeanida joylashgan Kergelen arxipelagi orollarida ishladi. Ma’lum bo‘lishicha, qit’a qobig‘ining kelib chiqishi o‘sha yerda kuzatilgan. Ilgari, bunday hodisalar okean o‘rtasida sodir bo‘lmaydi, deb ishonilgan.

Gap shundaki, qit’a qobig‘i okeannikiga nisbatan qalinroq. Bundan tashqari, unda granitning yuqori miqdori kuzatiladi, okean qobig‘i, asosan, bazalt jinslaridan iborat bo‘ladi.

Ilgari olimlar materik qobig‘ining shakllanishi materiklar va okeanlarning chegaralarida sodir bo‘ladi, deb ishonishgan. Okean va materikning litosfera plitalari aralashganda granitli magma paydo bo‘ladi, bu esa materiklarning yuqori qatlamini hosil qiladi.

Olimlar okeanda materik qobig‘ining paydo bo‘lishi g‘ayrioddiy bo‘lishiga qaramay, yangi qit’alar paydo bo‘ladi degan xulosaga kelishdi. Ular tomonidan kashf qilingan vulqon arxipelagining qobig‘i materikda bo‘lgani kabi qalin va “granitli” bo‘lib chiqdi.

Kegelin massivi, ekspertlarning ta’kidlashicha, sayyorada bir necha million yil ichida paydo bo‘ladigan "materik embrion" bo‘lishi mumkin. Bu geologik standartlarga ko‘ra, juda qisqa vaqtga to‘g‘ri keladi. Bu taxmin gipotetik xarakterga ega. Olimlar siyenitlarning kimyoviy tarkibini batafsil o‘rgangandan so‘ng yakuniy xulosa chiqarishga va’da bermoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Hind okeani

Baholaganlar

159

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing