Olimlar havodan elektr toki olish usulini kashf etdi

Texnologiya

image

Amherst Massachusetts universiteti muhandislari jamoasi toza elektr ta’minotini yaratish uchun havodagi namlikni yig‘ib oladigan qurilmani ishlab chiqdi. Bu haqda “Euronews” ma’lum qildi.

Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, deyarli har qanday materialni havodagi namlikdan doimiy ravishda elektr energiyasini yig‘ib oladigan qurilmaga aylantirish mumkin.

“Havo namligi – quyosh va shamoldan farqli o‘laroq, doimiy ravishda mavjud bo‘lgan ulkan, barqaror energiya ombori", deb tushuntiriladi tadqiqot ishida.

Yangi tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, ushbu ixtiro noorganik, organik va biologik materiallarning keng ko‘lamda doimiy ravishda energiya olish imkonini beradi.

Havodan elektr olishda maxsus qurilmadan foydalaniladi. U kichik hajmdagi momoqaldiroq bulutlarini hosil qiladi. Bu yig‘im mashinasi 100 nanometr (inson sochining mingdan bir qismi)dan kichik nanoporlar bilan to‘ldirilgan yupqa qatlamdan tayyorlanishi kerak.

Bu teshiklar juda mayda bo‘lgani uchun, suv molekulalari materialning yuqori qismidan pastki qismiga o‘tganda, teshik qirralariga urilib zaryad hosil qiladi.

“Havo juda katta miqdordagi elektr energiyasini o‘z ichiga oladi. Bulut haqida o‘ylab ko‘ring, bu suv tomchilari massasidan boshqa narsa emas. Bu tomchilarning har birida zaryad bor va sharoit to‘g‘ri kelganda, bulutda chaqmoq chaqishi mumkin – lekin biz chaqmoqdan qanday qilib elektr ajratib olishni bilmaymiz. Biz qilagan yagona ish inson tomonidan qurilgan, kichik hajmdagi bulutni yaratishdir, u biz uchun elektr energiyasini doimiy ravishda ishlab chiqaradi, shunda biz uni yig‘ib olamiz”, dedi universitet elektr va kompyuter muhandisligi kafedrasi dotsenti Jun Yao.

Ma’lumotlarga ko‘ra, havo tarkibida doim namlik bo‘lgani sabab kombayn har qanday sharoitda kechayu kunduz ishlashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Fourier Intelligence texnologik kompaniyasi Shanxayda o‘tkazilayotgan Butunjahon sun’iy intellekt konferensiyasida o‘zining yangi avlod odamsimon robotini taqdim etdi.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

elektr to'ki

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar