Botir Xo‘jayevga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
17 Sentabr 2019
4949O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Olimxon Bakiyevich Rustamov iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Olimxon Rustamov 1966 yilda tug‘ilgan, 1989 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2005-2014 yillarda Hisob palatasida bosh inspektor, 2014-2016 yillarda — Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2016−2017 yillarda "O‘zbekneftgaz" raisining iqtisodiyot va moliya bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan.
U bugungacha O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Ravshan G‘ulomov shu yilning iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangandi.
LiveBarchasi