Olaf Shols O‘zbekistonga keladi

Jamiyat

image

Germaniya federal kansleri Olaf Shols sentyabr oyining o‘rtalarida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Tashrif davomida ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash, iqtisodiy, siyosiy va boshqa yo‘nalishdagi masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023 yil may oyidagi Germaniyaga tashrifi davomida Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazgandi. 2023 yil sentyabr oyida Berlinda Olaf Shols raisligida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya yetakchilarining birinchi sammiti bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, sammiti doirasida Mirziyoyev Shols bilan muzokara o‘tkazgan va uni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga taklif qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Olaf Shol'ts

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing