Olaf Shols Germaniyaning yangi kansleriga aylanadi – OAV

Olam

image

Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (SDP) nihoyat “Yashillar” va Erkin Demokratik partiya (EDP) bilan koalitsiya bo‘yicha kelishuvga erishdi. Endi SDP rahbari Olaf Shols mamlakatning yangi kansler bo‘ladi. Bu haqda “Die Welt” xabar berdi.

“Deutsche Welle” nashrining yozishicha, kanslerning saylanish jarayoni taxminan ikki haftadan so‘ng, bo‘lib o‘tadi. Oxirgi muddat – 8 dekabr.

Erishilgan koalitsiya kelishuvida Germaniya hukumati hech qanday yangi soliqlar kiritmaslikka, 2030 yilda ko‘mirdan voz kechishga, sanoatni modernizatsiya qilishga va uysizlik hamda bolalar qashshoqligi bilan bog‘liq ijtimoiy muammolarni hal qilishga va’da bermoqda.

Ma’lumot o‘rnida, mamlakatda parlament saylovlari joriy yilning 26 sentyabr kuni bo‘lib o‘tdi. SDP 25,7 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

129

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing