Oktyabr oyida Yevropada inflyatsiya rekord darajaga yetdi

Biznes

image

Joriy yilning oktyabr oyida Yevropa hududida inflyatsiya yillik hisobda 10,7 foizga o‘sib, rekord o‘rnatdi. Buni Yevropa Ittifoqi statistika boshqarmasi (Yeurostat)ning dastlabki ma’lumotlari tasdiqlaydi. 

Qayd etilishicha, inflyatsiya sentyabr oyida 9,9 foizdan tezlashgan va hisob-kitoblar boshlanganidan beri yana yangi eng yuqori darajaga yetgan. 

Energiya resurslari tannarxi 41,9 foizga oshgan. Oziq-ovqat, alkogol va tamaki mahsulotlari 13,1 foizga, sanoat mahsulotlari 6 foizga, xizmatlar 4,4 foizga qimmatlashdi. 

Eng yuqori inflyatsiya Estoniyada (yillik hisobda 22,2 foiz), Litvada (22 foiz) va Latviyada (21,8 foiz) qayd etilgan. 

Eng past inflyatsiya Fransiya (7,1 foiz), Ispaniya (7,3 foiz), Malta (7,5 foiz),  Finlyandiya (8,3 foiz) va Kipr yunon hamjamiyatida (8,6 foiz) qayd etilgan. 

Hisobot oyida inflyatsiya Niderlandiyada 16,8 foiz, Slovakiyada 14,5 foiz, Belgiyada 13,1 foiz, Italiyada 12,8 foiz, Germaniyada 11,6 foiz, Avstriyada 11,5 foiz, Portugaliyada 10,6 foiz, Sloveniyada 10,3 foiz, Gretsiyada 9,8 foiz, Irlandiyada 9,6 foiz, Lyuksemburgda 8,8 foizni tashkil etdi.

Shunday qilib, Yevrohududdagi inflyatsiya oktyabr oyida oxirgi 25 yildagi eng yuqori darajaga yetgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, tahlilchilar 10,2 foizga kamroq sezilarli o‘sishni kutishgan. 

Hozirgi inflyatsiya darajasi Yevropa Markaziy banki tomonidan belgilangan 2 foizlik ko‘rsatkichdan besh baravar ko‘proqdir.


Maqola muallifi

Teglar

inflyatsiya

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing