Oktyabr oyida o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Bu qiziq

−

image

Joriy yilning oktyabr oyi beqaror ob-havo bilan boshlanadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ertaga, 1 oktyabr kuni respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida sentyabrning so‘nggi kunlarida boshlanishi kutilayotgan nam va nisbatan salqin havo oqimining kirib kelishi davom etadi. Shu kuni ushbu viloyatlarning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi, eng jadal yog‘ingarchilik tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuzatiladi. Baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Joriy yilning 2-4 oktyabr kunlari respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati ko‘tarila boshlaydi. 4 oktyabr kuni respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga sovuq va nam havoning yangi oqimi kirib kela boshlaydi, 5-7 oktyabr kunlari esa u asta-sekin O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi.

Haroratning bunday o‘zgarib turishi oktyabr oyining oxirigacha davom etadi. Tungi havo harorati 10-13 daraja iliqqacha, kunduzgi havo harorati 25-28 darajagacha ko‘tariladigan iliq ob-havo fonida vaqti-vaqti bilan salqinlashish davrlari kuzatilishi kutilmoqda.

Sovuq havo oqimlari kirib kelgan davrlarda havo harorati kechasi 3-8 daraja, kunduzi 15-20 darajagacha pasayishi mumkin. Respublikaning shimoliy hududlarida salqinlashish sezilarli bo‘lib, havo harorati kechasi 0-2 daraja sovuqqacha, kunduzi 10-15 darajagacha pasayadi.

Shuningdek, oktyabr oyining o‘rtacha harorat foni iqlimiy me’yor atrofida, ayrim joylarda esa undan yuqori bo‘lishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing