Oxford'da ma’ruzalar yana bir yil onlayn o‘tadigan bo‘ldi
Olam
−
20 may 2020
4305Mashhur ingliz universiteti Oxford 2020-2021 o‘quv yillaridagi barcha ma’ruzalarni bir yil davomida to‘xtatadi. Bunga dunyodagi koronavirus pandemiyasi sabab bo‘ldi, deb yozadi RIA Novosti.
Universitet rahbariyatiga ko‘ra, bu chora odamlar orasidagi masofani saqlash zarurati tufayli amalga oshirilmoqda. Shuning uchun kelgusi o‘quv yilidagi barcha ma’ruzalar onlayn tarzda o‘tkazishga qaror qilindi.
Shunga qaramay, ba’zi mashg‘ulotlar oldingidek davom ettirilishi rejalashtirilgan. Masalan, talabalar eng kam tashrif buyuradiganlari.
Universitet rahbariyati bu qaror aniq emasligini ta’kidladi. Agar to‘satdan hukumat yangi tavsiyalarni chiqarsa, unda bu masala yana qayta ko‘rib chiqiladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniya COVID-19 bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Mamlakatda epidemiya boshlangandan beri 250 138 ta infeksiya holati aniqlandi.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr