Oksford lug‘ati “Yil so‘zi”ni e’lon qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Oksford lug‘ati “Vax”ni ya’ni vaksina bilan bog‘liq fe’l, ot va sifatlarning qisqartirilgan shaklini “2021 yil so‘zi” deb atadi. Bu haqda lug‘atning rasmiy veb-saytida ma’lum qilindi. 

“Ushbu so‘z joriy yilda 2020 yilga nisbatan 72 marta ko‘p qo‘llanilgan. “Vax” haqli ravishda 2021 yil uchun "Yil so‘zi" unvonini oldi”, deyiladi Oksford lug‘ati veb saytida keltirilgan bayonotda. 

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilda Oksford lug‘ati faqat bitta muhim so‘zni ajratib ko‘rsata olmagan. Shuning uchun, pandemiyadagi vaziyatni tavsiflovchi bir qator tushunchalar “Yil so‘zi” deb topilgan.

Xususan, 2020 yilning eng ommabop so‘zlari ro‘yxatida muhim o‘rinni koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq tushunchalar: “koronavirus”, COVID-19, blokirovka (tarqalishni to‘xtatish uchun rasmiylar tomonidan kiritilgan majburiy karantin choralari), ijtimoiy masofa ("ijtimoiy masofa"), qayta ochish ("yangilanish") kabi tushunchalar “2020 yil so‘zlari” deb topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

144

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing