OKMK tomonidan “Ingichka” volfram koni texnogen chiqindilari qayta ishlanib, boyitiladi

Biznes

image

Dunyoda yangi konlarni ishga tushirish taklif etilishiga qaramay, ruda zaxiralarining ko‘payishi sanoatning o‘sib borayotgan ehtiyojlaridan orqada qoladi. Buning natijasida nafaqat konlardan foydalanish darajasini maksimal darajada oshirishga, balki ikkilamchi xom ashyo, texnogen konlarni, shuningdek, ruda zaxiralarini o‘zlashtirishga ham katta e’tibor qaratilmoqda. 

O‘zbekiston metallurgiya sanoatini rivojlantirish konsepsiyasida ham texnogen ikkilamchi xom ashyolardan qimmatli mahsulotlarni qazib olish imkonini beruvchi innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 3 fevraldagi topshirig‘iga asosan, Samarqand viloyatida joylashgan “Ingichka” koni "Olmaliq KMK" AJ tasarrufiga o‘tkazildi.

Ayni vaqtda kombinat tomonidan “Ingichka” volfram konining texnogen chiqindilarini qayta ishlash, volfram konsentratini ajratib olish hisobiga yangi turdagi yuqori qo‘shilgan qiymatli eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha bir qator ishlar olib borilmoqda. 

Dasturga muvofiq, volfram konsentrati kombinatning "Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha" Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga yetkazib beriladi. Bu korxonada esa mahalliy mahsulotlar asosida volfram ishlab chiqarishni tiklash imkoniyati yaratiladi.

Kombinat mutaxassislari ishlab chiqqan yangi texnologiya 80-83% gacha volfram III oksidini o‘z ichiga olgan sof konsentrat olish imkonini beradi. Joylarda ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash yo‘lga qo‘yilib, 100-150 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. "Ingichka" konining o‘zida yangi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi ham ko‘plab ijtimoiy muammolarni hal qiladi.

“Olmaliq KMK" AJ “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi“ning rivojlanish dasturiga asosan "Ingichka" konining qoldiqlaridan yiliga 150 tonna quvvatga ega volfram konsentratini 35% WO3 bilan boyitish rejalashtirilgan. Keyinchalik, "Ingichka" konining qoldiqlari ishlab chiqarishga to‘liq jalb qilinganda yiliga 100 tonna volfram metalli olinadi.

OKMK Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing