OKMK: texnogen chiqindidan yangi mahsulot

Biznes

image

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida texnogen chiqindilardan mahsulot olish borasida samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Chiqindilarni utilizatsiya qilish va uning tarkibidan rangli va qimmatbaho metallarni ajratib olish texnologiyasi asosida yangi mahsulot olishga erishildi.

Kombinatning Nodir metallar va qattiq qotishmalar Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida  Gidrometallurgiya sexida Molibden keklarini qayta ishlash uchastkasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Ma’lumki 5-6%li molibden qoldiqlarini asosiy ishlab chiqarish jarayonlaridan qayta ishlab chiqarishga yo‘naltirish katta mablag‘ talab etadi.

Birlashma mutaxassislari buning oldini olish uchun gidrometallurgiya texnologiyasi orqali qayta ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdi.

Joriy yilning birinchi choragida ish boshlagan mazkur uchastka bugungi kunda oyiga 3,5 tonna molibden tuzlarini ishlab chiqarmoqda. Bu ko‘rsatkich yaqinda 10 tonnaga yetkaziladi va 5 mlrd. so‘mdan oshiq foyda keltirishi ko‘zda tutilgan. 

Loyiha natijasida 20 ta yangi ish o‘rni ham yaratildi. Ishlab chiqarish xajmi oshishi bilan ishchilar soni yanada ortadi.

OKMK Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing