OKMK stadioni Osiyo Chempionlar ligasi saralashi uchun ro‘yxatdan o‘tdi
Sport
−
11 iyul 2023 3504 1 daqiqa
Olmaliq shahrining OKMK klubi Osiyo Chempionar ligasi (OCHL) saralash uchrashuvini o‘z uy arenasida o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) OKMK stadionini OCHL uchun ro‘yxatdan o‘tkazgan. OFK komissari saralash bahsi oldidan stadionni to‘liq inspeksiya qiladi. Komissarning ijobiy xulosasi OKMK uchun guruh bellashuvlarida ham shu stadiondan foydalanishni kafolatlashi mumkin. Buning uchun musobaqaning OKMK guruh bosqichiga yo‘l olishi kerak.
“OKMK maydoni rasmiy uchrashuvlarni qabul qilishga tayyor. Projektor esa 1 avgustga qadar talab etilgan ko‘rinishga keltiriladi”, deyiladi O‘zPFL xabarida.
Saralashda OKMK 15 avgust kuni Ummonning “As-Siib” klubiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu qarama-qarshilik 20:00 da start oladi.
Ma’lumot uchun, Mirjalol Qosimov murabbiyligidagi OKMK klubi hozirda O‘zbekiston chempionatida 23 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. Jamoa Superligadagi navbatdagi o‘yinini 29 iyul kuni Surxonga qarshi mezbon maqomida o‘tkazadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr