OKMK: olti oyda 1 mln kilovatt-soat yashil elektr energiyasi ishlab chiqarildi

Biznes

image

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda energiyaning qayta tiklanadigan ekologik toza manbalari – quyosh va shamol quvvatidan foydalanishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda.

Jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham energiya barqarorligini ta’minlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish borasida dadil qadamlar tashlandi va salmoqli natijalarga erishilmoqda. Buni hozirda kombinatning 50 dan ortiq tarkibiy bo‘linmalar va ijtimoiy soha ob’ektlarida jami 10 megavatt quvvatli A klass toifadagi quyosh panellari o‘rnatilganligi ham ko‘rsatmoqda. Ularda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi kombinat ichki ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilib, foydali ish koeffitsiyenti 21,3 foizni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun: ishlab chiqarish ob’ektlarida – 8 062 kVt, ijtimoiy sohada – 979 kVt, Toshkent viloyatida – 7 811 kVt, Samarqand (Ingichka koni) – 345 kVt, Namangan – 375 kVt, Surxondaryo – 510 kVt elektr energiyasi ishlab chiqariladigan quyosh panellari o‘rnatilgan.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.

Yanvar-iyun oylarida qariyb 1 mln kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi yoki 300 ming kub m tabiiy gaz sarfining oldi olindi. Yil yakuniga qadar yana 1,6 mln kilovatt-soat (jami 2,6 mln kilovatt-soat) ishlab chiqarilib, jami tabiiy gaz iqtisodi 1 mln kub metrga yetkaziladi.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing