OKMK olimlari xalqaro anjumanda g‘olib bo‘ldi
Biznes
−
29 noyabr 2023
4944Ayni kunlarda Janubiy Koreyaning Kyongdju shahrida APMA-2023 Osiyo kukun metallurgiya bo‘yicha 6-xalqaro konferensiyasi va ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
27 noyabrda o‘z ishini boshlagan mazkur nufuzli tadbirda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining olimlari va mutaxassislari ham ishtirok etyapti.
KPMA – Koreya kukun metallurgiya va materiallar assotsiatsiyasi (ishlab chiqaruvchilar uyushmasi) hamda KPMI – Koreya kukun metallurgiya va materiallar instituti (Ilmiy, akademik a’zolar uyushmasi) hamkorligida tashkil etilgan konferensiya va anjumani 30 noyabrga qadar davom etadi.
Ko‘rgazmada 38ta kukun va kukun detallarni ishlab chiqaruvchilar qatnashmoqda. Jumladan Koreya, Yaponiya, Xitoy, Tayvan, Tayland, Xindiston yirik ishlab chiqaruvchilar ishtirok etishyapti.
Konferensiyada esa Koreya, Yaponiya, Tayvan, Xitoy, Hindiston, Tayland, Shvetsiya, kukun metallurgiya sohasida olimlar va muhandislari qatnashyapti. Mazkur xalqaro konferensiya sessiyalarida xalqaro miqyosidagi taniqli olimlarning kukun metallurgiya sohasidagi so‘nggi kashfiyotlari taqdim etilib, muhokama qilindi.
E’tiborli jihati, OKMK olimlari tomonidan xalqaro anjumanda ”Nodir metall va mis asosida bimetall laminat changlatib sepish nishonini ishlab chiqish va xususiyatlari” ishlanmasi 115 ta taqdimot ichida g‘olib, deya topildi.
Ushbu ishlanma asosida ishlab chiqariladigan nishon yarim o‘tkazgich sanoatida qo‘llaniladi.
OKMK Axborot xizmati
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi