OKMK 2 oyda 101,3 mln dollarlik mahsulot eksport qildi
Biznes
−
09 mart 2023
4237Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2023 yilning yanvar-fevral holati bo‘yicha mahsulotlar eksporti rejasi 100% bajarilishi ta’minlandi.
Jumladan, o‘tgan 2 oyda 101 333 000 dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirildi.
Mahsulotlar kesimida, jami 6889 tonna mis mahsulotlari, 5235 tona rux mahsulotlari xorijlik importyorlarga yuborilgan.
Bundan tashqari, reniy, molibden mahsulotlari eksportida ham belgilangan rejalar bajarilgan.
Shuningdek, 759 tonna mis quvurlari xorijlik iste’molchilarga yuborilgan.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, OKMK mahsulotlari asosan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinyapti. Shuningdek, yangi bozorlar ham o‘zlashtirilmoqda. Xususan, Ispaniya, Avstriya, Germaniya, Finlyandiya, Kanada, Janubiy Afrika Respublikasi va Senegal, Surinam, Keniya, Avstraliya, Litva, Gruziya, Portugaliya, Marokash va Singapur kabi davlatlarga ham kombinat mahsulotlari yuborilgan.
OKMK Axborot xizmati
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi