Oq uyning 34 xodimida koronavirus aniqlangan
Olam
−
08 Oktabr 2020
5997Yangi koronavirus Oq uyning 34 xodimi va ular bilan o‘zaro tanish odamlarda aniqlangan. Bu haqda AQSH Favqulodda vaziyatlarni boshqarish federal agentligiga asoslanib xabar berilgan.
So‘nggi kunlarda koronavirus AQSH Prezidentining katta maslahatchisi Stiven Miller, Oq uy Matbuot kotibi Keyli Makineni va uning to‘rt nafar muovinida aniqlangan. Shuningdek, Trampning sobiq maslahatchisi Kellienn Konuey, uchta respublikachi senator, Respublikachilar Milliy qo‘mitasi raisi Ronna Makdeniyel, Oq uy rahbarining saylov kampaniyasi menejeri Uilyam Stepin, Trampning shaxsiy yordamchisi Nik Lunada koronavirus qayd etilgan.
AQSH Prezidenti Donald Tramp 2 oktyabrga o‘tar kechasi Twitter'da o‘zi va rafiqasi Melaniya Trampga koronavirus tashxisi qo‘yilganini e’lon qilgandi. Keyin davlat rahbari Merilend shtatidagi Uolter Rid nomli tibbiyot markaziga yotqizildi. 5 oktyabr kuni esa Tramp shifoxonadan chiqib, Oq uyga qaytib keldi.
7 oktyabr kuni Amerika yetakchisining davolovchi shifokori Shon Konli Prezidentda 24 soat davomida koronavirus kasalligi alomatlari kuzatilmaganini aytdi.
Ma’lumot uchun, AQSHda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 7,5 milliondan oshgan. 211 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Dunyoda koronavirus yuqtirganlar 36 milliondan oshdi. 1 milliondan ortiq kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etdi.
LiveBarchasi