Oq uy yaqinidagi otishmani ruhiy kasal sodir etgan – OAV
Olam
−
24 may 1936 2 daqiqa
Oq uy yaqinida otishma uyushtirgan shaxs 21 yoshli Nasir Best ekani aniqlangan. U Merilend shtatida yashagan. Bu haqda “Fox News” xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, AQSH Maxfiy xizmati agentlari tomonidan yaralangan gumondor shifoxonaga olib ketilayotgan paytda vafot etgan.
Telekanallar ma’lumotiga ko‘ra, Best avval ham huquq-tartibot organlari e’tiboriga tushgan va ruhiy kasallikdan aziyat chekkan.
OAVning xabar berishicha, u 2025 yil 26 iyunda Maxfiy xizmat agentlariga tahdid qilgani uchun qo‘lga olingan. Shuningdek, 2025 yil 10 iyulda taqiqlangan hududga kirgani sabab yana ushlangan.
“New York Post” yozishicha, Best o‘zini Iso Masih deb hisoblagan. Manbalarga ko‘ra, u Pensilvaniya avenyusi va 17-ko‘cha chorrahasida oldinga-orqaga yurib yurgan paytda kuzatuvga tushgan. Taxminan soat 18:10 da u Oq uy nazorat-o‘tkazish punktiga qarata o‘q uzgan.
U bir necha marta o‘q uzishga ulgurgan, shundan so‘ng Maxfiy xizmat agentlari javob o‘qi ochib, uni yaralagan.
Xabarlarga ko‘ra, avvalroq sud tomonidan unga Oq uyga yaqinlashishni taqiqlovchi qaror ham chiqarilgan edi. Shunga qaramay, u Oq uy hududidagi turniketdan o‘tishga uringan, biroq politsiya va Maxfiy xizmat xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Sud hujjatlarida Bestning “men Iso Masihman va hibsga olinmoqchiman” degan so‘zlari ham qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 24 mayga o‘tar kechasi Vashingtondagi Oq uy yaqinida o‘q ovozlari yangragandi. Hodisa 17-ko‘cha va Pensilvaniya avenyusi chorrahasida sodir bo‘lgan. Jurnalistlar zudlik bilan maysazordan Oq uy ichkarisiga kiritilgan va ularga joylaridan jilmaslik buyurilgan. Shundan so‘ng, Maxfiy xizmatning vintovkalar bilan qurollangan agentlari bino oldida navbatchilikni boshlashgan.
Voqea sodir bo‘layotgan vaqtda AQSH Prezidenti Donald Tramp qarorgoh ichida bo‘lgan.
Live
Barchasi