Oq Uy Ukrainaga ajratilgan harbiy yordam paketini muzlatdi
Olam
−
19 iyun 2021
6580AQSH bu yil bahorda Rossiya qo‘shinlarining Ukraina bilan chegarada harakatlanishiga javoban tuzilgan Ukrainaga 100 million dollarlik harbiy yordam paketini to‘xtatdi. Bu haqda “Politico” xabar bermoqda.
AQSH Milliy xavfsizlik kengashi moliyaviy yordam ajratganining sababi Vashington Ukraina bilan chegarada va Qrim yarimorolida Rossiyaning katta miqdordagi harbiy kuchlari ko‘payishidan tashvishda edi. Ammo AQSH va Rossiya Prezidentlari Jo Bayden va Vladimir Putinning Jenevadagi uchrashuvi oldidan Rossiya Ukraina yaqinida joylashgan qo‘shinlarini qisqartirishi haqida e’lon qilganidan keyin Oq uy bu taklifni rad etdi.
Shu bilan birga, nashr manbalarining xabariga ko‘ra, AQSH Ukrainaga istalgan vaqtda pul yuborilishi mumkinligini ta’kidlagan. Harbiy yordam to‘plamiga, shuningdek, qisqa masofaga mo‘ljallangan havo hujumidan mudofaa tizimlari, otishma qurollari va tankga qarshi qurollar kiradi.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin va Jo Bayden 16 iyun kuni Jenevada muzokaralar o‘tkazdi. Davlat rahbarlari yadroviy urushda g‘oliblar bo‘lmaydi degan prinsipga o‘zaro sodiqligini tasdiqladi va strategik barqarorlik bo‘yicha har tomonlama mazmunli va g‘ayratli muloqot boshlashga kelishib oldi.
LiveBarchasi