Oq uy navbatdagi to‘y marosimiga mezbonlik qiladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 19 noyabr kuni AQSH Prezidenti Jo Baydenning to‘ng‘ich nabirasi Naomi Bayden Piter Nilga turmushga chiqadi. To‘y marosimi Oq uyda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

Naomi Jo Baydenning o‘g‘li Xanter Bayden va uning sobiq rafiqasi Ketlin Buxlening qizi hisoblanadi. Ma’lum bo‘lishicha, bo‘lajak to‘y Oq uy tarixida 1812 yildan beri birinchi marta bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, hozirgacha bu yerda 19 marta to‘y marosimi o‘tkazilgan.

Oq uy tarixiy assotsiatsiyasi xodimi Sara Fling qayd etishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidentining rasmiy qarorgohida nikoh to‘ylarini o‘tkazishga ruxsat berilishi mumkin bo‘lgan odamlar o‘tmishda juda kam bo‘lgan. 

“Oq uyda kim turmush qurishi mumkin yoki mumkin emasligi haqida qat’iy qoida yo‘q. Bu mamlakat Prezidenti va uning rafiqasiga bog‘liq”, deydi tarixchi.

Oq uyda bo‘lib o‘tgan to‘ylarning aksariyati Prezidentning yaqin oila a’zolari uchun o‘tkazilgan bo‘lsada, Oq uy xodimlari kamdan kam bu sharafga ega bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, 1942 yilda Prezident Franklin  Ruzveltning yaqin maslahatchisi bo‘lgan Garri Xopkins o‘z to‘yini Oq uyning ikkinchi qavatida o‘tkazgan.

Yaqin o‘n yillikka nazar soladigan bo‘lsak, 2013 yilda Barak Obama Oq uy fotografi Pit Souzaga binoning G‘arbiy qanoti bilan chegaradosh Atirgul bog‘ida nikoh marosimini o‘tkazishga ruxsat bergan edi.

Oq uyda turmush qurgan birinchi va yagona prezident Grover Klivlend hisoblanadi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Oq uy to'y marosimi

Baholaganlar

268

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing