Oq uy Eron bayrog‘i bilan bog‘liq holatga aralasha olmasligini ma’lum qildi

Sport

image

Avvalroq, AQSH terma jamoasining rasmiy Twitter akkaunti Jahon chempionatining"B" guruhi jadvalida Eron bayrog‘i o‘rtasidagi ramzlarni ko‘rsatmasdan e’lon qilgandi. Shuningdek, postdagi bayroqda "Alloh" so‘zining xattotlik varianti va “Alloh buyuk” iborasi tushirib qoldirilgandi.

AQSH Eron bayrog‘i bilan bog‘liq vaziyatga izoh berishdan bosh tortdi. 28 noyabr kuni jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi AQSH hukumati milliy terma jamoa xususiy tashkilot sifatida mustaqil ravishda bunday qarorlar qabul qilish huquqiga ega, deb hisoblashini ma’lum qildi.

“Bu Oq uy izoh beradigan mavzu emas. AQSH jamoasi xususiy tashkilot va ular bu borada o‘zlari qaror qabul qilishadi”, deydi Kirbi.

Qayd etilishicha, AQSH hukumati bu mavzuda terma jamoa bilan aloqaga chiqmagan.

“Tasnim” agentligi AQSH terma jamoasining harakati ortidan Eron futbol federatsiyasi amerikaliklar ustidan Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) etika qo‘mitasiga shikoyat arizasi bilan murojaat qilishi haqida xabar bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

182

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made