Oq uy apparatiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi
Olam
−
08 noyabr
5775AQSH saylovlarida g‘olib bo‘lgan prezident Donald Tramp Oq uyga qaytganida saylov kompaniyasi menejeri Syuzan Uayls yangi ma’muriyatning shtab boshlig‘i bo‘ladi. Bu haqda CNN xabar berdi.
“Syuzan Uayls menga Amerika tarixidagi eng katta siyosiy g‘alabalardan biriga erishishga yordam berdi va mening 2016 va 2020 yilgi muvaffaqiyatli kompaniyalarimning ajralmas qismi bo‘ldi”, dedi Tramp.
Shuningdek, Syuzan mamlakat tarixida shtab boshlig‘i bo‘lgan ilk ayolligi ham ta’kidlangan.
“Syuzan aqlli, innovatsion va hammaning hurmatiga sazovor. Syuzan Amerikani yana buyuk qilish uchun tinimsiz ishlashda davom etadi. Uning Qo‘shma Shtatlar tarixidagi birinchi ayol shtab boshlig‘i bo‘lishi munosib sharafdir. U bizning mamlakatimizni g‘ururlantirishiga shubha qilmayman”, deya qo‘shimcha qilgan Tramp.
Ta’kidlanishicha, Uayls Trampga apparat rahbari lavozimini egallashdan oldin ma’lum shartlarni qo‘ygan — ularning eng muhimi prezident bilan Oval kabinetda kimlar aloqa qila olishi ustidan kuchliroq nazorat o‘rnatish edi.
Trampning birinchi muddatida uning apparat rahbarlari Oq uyga norasmiy maslahatchilar, oila a’zolari, do‘stlar va boshqa begona shaxslarning prezident bilan uchrashish uchun kirishiga to‘sqinlik qilishga uringan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq floridalik senator Marko Rubio Donald Tramp davrida AQSHning yangi davlat kotibi bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi