Oq uy apparati rahbarida koronavirus aniqlandi

Olam

image

AQSHning Oq uy xodimlari apparati rahbari Mark Medouzning koronavirusga topshirgan testi musbat natija ko‘rsatdi. Bu haqda "Bloomberg" xabar bergan. 

Agentlikning ta’kidlashicha, Medouz 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan keyin koronavirus yuqtirib olgan bo‘lishi mumkinligi haqida gapirgan.

Oq uy xodimida aynan qaysi kuni koronavirus aniqlangani to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. 

Bundan tashqari, Medouzning salomatligi hozirda qandayligi, unda kasallikning qanday belgilari borligi haqidagi ma’lumotlar ham noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Ma’lumot uchun, AQSHda koronavirusga chalinganlar soni 9 milliondan oshib ketgan. 236 mingdan ko‘p bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Medouz

Baholaganlar

30

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar