Oqqo‘rg‘ondagi bog‘chada zaharlangan bolalar ahvoli haqida ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining intoksikatsiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalarida davolanayotgan tarbiyalanuvchilari salomatligi yuzasidan ma’lumot berildi.

Maktabgacha ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, bugungi kunda tibbiyot muassasalarida jami 12 tarbiyalanuvchi davolanmoqda, jumladan 3 nafarining holati o‘rta og‘ir, 8 nafar bemorning holati o‘rtacha baholanib, dinamikada sog‘aymoqda, 1 nafar bolaning holati qoniqarli.

Vazirlik tarbiyalanuvchilarning salomatligi va o‘tkazilayotgan surushtiruv ishlari natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berib borishi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, Oqqo‘rg‘on tumanidagi bog‘chada 12 avgust kuni 25 nafar bola zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgandi. Bir kun o‘tib, bemor bolalar soni 30 nafarga yetdi. Toshkent viloyati hokimligi jami zaharlangan bolalar 32 nafarligi haqida ma’lumot berdi.

Bolalar zaharlangani holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

263

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing