Oqqo‘rg‘on IIBning so‘kong‘ich xodimiga jinoyat ishi ochildi
Jamiyat
−
02 Oktabr 2022
21132Ijtimoiy tarmoqlarda Oqqo‘rg‘on tumani IIB xodimiga tegishli deb izohlangan audioyozuv tarqaldi. Ushbu audioda xodim butun o‘zbekistonliklarni onasidan so‘kkan.
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov holat bo‘yicha bayonot berdi.
Ma’lum qilinishicha, audioyozuv tegishli ekani aytilayotgan fuqaro, 1992 yilda tug‘ilgan A.Sulaymonov, 2022 yilda Oqqo‘rg‘on tumani IIB Profilaktika inspektori lavozimiga qabul qilingan.
Xodim ko‘p o‘tmay xizmat faoliyati davomida o‘zini salbiy tomondan ko‘rsatganligi va noo‘rin xatti-harakatlari sababli ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan.
Audoiyozuv tarqalib, nozorilikka sabab bo‘lgach so‘kong‘ich xodim O‘zbekiston xalqidan uzr so‘rab chiqdi.
“Men shu yili Oqqo‘rg‘on tumani Ichki ishlarga ishga kirdim, ishlay olmadim. Meni 2-3 marta ogohlantirishdi. Shundan so‘ng bir ayol bilan jandallashib qoldim. Keyin meni ishdan bo‘shatishdi. Oradan 10 kun o‘tib, ayol menga qo‘ng‘iroq qildi. O‘sha paytda men mast holatda edim. Jahlim chiqib har xil so‘zlar bilan haqoratladim. Nimalar deganimni o‘zim ham bilmayman. Butun Oqqo‘rg‘on aholisidan, O‘zbekiston aholisidan bir umr kechirim so‘rayman. Bu ishlarimdan pushaymonman. Ota-onamdan ham kechirim so‘rayman", deydi u.
Hozirda fuqaro A.Sulaymonovga nisbatan bugun, 2 oktyabr kuni Oqqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g" bandi bilan qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi sifatida JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi