OIVni topgan olim vafot etdi

Olam

image

Fransiyada inson immunitet tanqisligi virusi (OIV) ni kashf etgani uchun Nobel mukofoti sovrindori bo‘lgan mashhur fransuz olimi Lyuk Montane vafot etdi. Bu haqda bugun, 10 fevral kuni “Liberason” gazetasi xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, 89 yoshli olim 8 fevral kuni Parijning Neyi-syur-Sen chekkasida joylashgan Amerika shifoxonasida yaqinlari qurshovida vafot etgan. O‘lim sababi aniqlanmagan. Ma’lumot bugun munitsipalitet meriyasida, shuningdek, fan olamining bir qancha vakillari, jumladan, taniqli fransuz infetsionisti Dide Raul tomonidan tasdiqlangan.

Montane 1983 yilda virusolog Fransuaza Barre-Sinussi bilan birga OIVni kashf etgani uchun 2008 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. O‘sha yili mukofotni ikki fransuz bilan baham ko‘rgan sovrinning uchinchi g‘olibi bachadon bo‘yni saratonini keltirib chiqaradigan papillomaviruslarni kashf etgan nemis virusologi Xarald sur Xauzen bo‘lgan.

Ilmiy sohadagi yutuqlariga qaramay, mukofotni olganidan keyin Montane bir necha bor ilmiy jamoatchilikda salbiy reaksiyaga sabab bo‘lgan bayonotlar bilan chiqdi. Xususan, 2009 yilda u kuchli immunitet yaxshi parhez bilan bir necha hafta ichida OIVni yengib o‘tishini aytdi. Shuningdek, u autizm spektrining buzilishi bakterial kelib chiqishga aloqadorligini va uni antibiotiklar bilan davolash mumkinligini ta’kidladi. 2017 yildan beri u emlashning xavfliligi haqida bir necha bor bayonotlar berdi va koronavirus pandemiyasi davrida u emlashga qarshi namoyishlarda qatnashdi hamda COVID-19 ga qarshi emlanish o‘lim bilan barobarligini bong urdi.


Maqola muallifi

Teglar

Lyuk Montan'e

Baholaganlar

384

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar