OIV bilan kasallangan ayolda koronavirusning 21 ta mutatsiyasi aniqlandi

Salomatlik

image

Orttirilgan immunitet virusi (OIV) bilan kasallangan janubiy afrikalik ayolda 21 ta koronavirus mutatsiyasi aniqlandi. Olimlarning fikricha, bemor "delta" shtammi bilan kasallangan. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Janubiy afrikalik olimlar tomonidan e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, 22 yoshli ayol OIV infeksiyasiga qarshi davolanishni to‘xtatib qo‘ygani uchun COVID-19 bilan kasallangan. Uning tanasida 9 oy bo‘lgan koronavirus 21 ta mutatsiyaga uchragan. Ammo bemor OIVga qarshi dori-darmonlarni qayta qabul qila boshlagach, uning immun tizimi 9 hafta ichida mustahkamlanib, koronavirusni yenggan. Olimlarning fikricha, yosh ayol "delta" shtammi bilan kasallangan.

“OIV infeksiyasini davolash uchun dori-darmonlarni qabul qilmaydigan, OIV bilan kasallangan bemorda koronavirusning mutatsiyasi COVID-19 ning yangi variantlari paydo bo‘lishi uchun potensial yo‘ldir”, deyiladi tadqiqotda.

2021 yil yanvar oyida qizning koronavirus uchun topshirgan testi ijobiy chiqqan. Sentyabr oyida u Keyptaundagi shifoxonaga yotqizilgan, u yerda ham COVID tasdiqlangan. Tadqiqotlar bu qayta infeksiya emas, balki kamida to‘qqiz oy davom etgan infeksiya ekanini ko‘rsatgan. Salbiy test natijasi faqat noyabr oyining oxirida olingan.

Ta’kidlanishicha, 2021 yilning yanvar oyidan buyon ayolda OIV infeksiyasini davolash rejimiga rioya qilish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan. Shifoxonaga yotqizilganidan keyin terapiya qayta tiklangan.

“Antiretrovirus terapiyasi OIVni bostirdi va SARS-CoV-2 ni olti-to‘qqiz hafta ichida tozaladi”, deyiladi tadqiqotda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Afrika OIV bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Ayni paytda 59,6 million aholiga ega mamlakatda 7,7 million kishi OITS bilan kasallangan. 15 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan yosh guruhida bu ko‘rsatkich 18,7 foizni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

241

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing