Og‘ir xastalikdan vafot etgan Baxtiniso Mahmudova “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Jamiyat
−
06 mart 2019
70798 mart – Xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasida “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishonini o‘z egalariga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etib, mukofotlarni egalariga topshirgan.
O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ta’sis etilgan ushbu mukofot jamiyat va davlat hayotida faollik hamda tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik hamda bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan, shuningdek, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik hamda istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga beriladi.
Mazkur mukofotga munosib ko‘rilganlarning 83 nafari Respublika idoralari va tashkilotlari tavsiyasi asosida, 3 nafari xotin-qizlar tizimida namunali faoliyat olib borayotgan, 5 nafari boshlang‘ich tashkilotlardan, 9 nafari “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi xodimlari, 44 nafari ta’lim tizimidagi fidoyi ustozlar, 25 nafari sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari, 53 nafari mehnat faxriylari, keksa onaxonlar, 5 nafari ibratli farzandlar onalari, 5 nafari maktabgacha ta’lim tarbiyachilari va 19 nafari xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislardir.
Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘inlarining 17 nafar raisi, 11 nafar tadbirkor ayol hamda fermerlik bilan shug‘ullanib, el dasturxoni to‘kinligiga samarali hissa qo‘shayotgan 11 nafar fermer ayol ham sovrindorlar safidan joy olgan.
Mukofotlanganlar qatorida marhum shoira Baxtiniso Mahmudova ham bor.
2018 yilning 17 dekabr kuni yosh shoira Baxtiniso Mahmudova og‘ir operatsiyani o‘tkazish uchun Turkiyaning Istanbul shahriga jo‘nab ketgan edi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi, shoira jarrohlik amaliyotidan sog‘-omon chiqdi. Oradan bir ikki kun o‘tib, joriy yilning 6 yanvar kuni vafot etgan etdi.
Baxtiniso 15-16 yoshlarida oyoq-qo‘llaridagi kuchsizlanishni sezdi, keyinchalik kasallik rivojlanib borib, orqa umurtqada qiyshayish paydo bo‘ldi. Samarqand viloyati Travmatolgiya markazida to‘rt marta jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi. 2010 yildan u yura olmay qolgan.
Turkiyada o‘tkazilgan operatsiyaning bahosi 30 000 AQSH dollariga baholangan edi. Baxtinisoning sog‘ayib ketishi uchun respublika bo‘ylab hayriya aksiyalari o‘tkazildi, pul jamg‘arildi.
LiveBarchasi