Oilaviy zo‘ravonlikni quruq gap bilan yenga olmaymiz. Qonun zarur – Saida Mirziyoyeva

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 24 yanvar kuni Senatda nodavlat notijorat tashkiloti (NNT), davlat idoralari va faollar ishtirokida oiladagi zo‘ravonlik to‘g‘risidagi qonunning jamoatchilik muhokamasi o‘tkaziladi.

Muhokama oldidan Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘ba mudiri Saida Mirziyoyeva o‘z ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida fikrlari bilan bo‘lishdi.

“Oiladagi zo‘ravonlik uchun jinoiy jazo tayinlanmagunicha, ushbu jinoyatga davlatning munosabati Jinoyat kodeksida aniq aks etmagunicha, bir joyda qotib turaveramiz. Busiz boshqa hech nima yordam berolmaydi – yuzaki choralar ham, eng ilg‘or gender loyihalari ham, quruq gap bilan tarbiyalashga urinishlar ham. Oldin ayollar oldidagi mas’uliyatni belgilagan holda, ularni himoyalovchi qonun joriy etilishi zarur. Qolgani keyin bo‘ladi”, deydi Saida Mirziyoyeva.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing