Oilaviy janjal sabab ayol o‘zini “Bo‘zsuv” kanaliga tashladi
Jamiyat
−
25 avgust 2020
14110Toshkent viloyatida oilaviy janjal sabab ayol o‘zini “Bo‘zsuv” kanaliga tashladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, kecha, 24 avgust kuni soat 16:30 larda 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro N.Kuchakova turmush o‘rtog‘i, 1989 yilda tug‘ilgan F.Jo‘rayev bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Oilaviy mojaro sabab ayolning jahli chiqib, Chirchiq shahar Zakovat ko‘chasidagi “Bo‘zsuv” kanali ustidagi ko‘prikdan o‘zini tashlagan.
Oradan 20 daqiqa o‘tib ushbu holatni ko‘rgan artofdagi fuqarolar zudlik bilan Chirchiq shahar Favaqulodda vaziyatlar bo‘limi 8-yong‘in-qutqaruv qismiga xabar berishgan. Voqea joyiga bir guruh qutqaruvchilar yetib borib, fuqaro N. Kuchakovani qutqarib qolishgan.
“Voqea joyiga yetib kelgan tez-tibbiy yordam xodimlari tomonidan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda fuqaro N. Kuchakovaning ahvoli yaxshi”, deyiladi viloyat hokimligi xabarida.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr