Og‘ir atletika: Jamila Panfilova Osiyo chempionatida ikkita medalni qo‘lga kiritdi

Sport

image

Joriy yilning 17 iyulidan boshlab Toshkent shahri og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bahslariga mezbonlik qilmoqda.

Musobaqaning to‘rtinchi kuni o‘zbekistonlik atletlar uchun omadli keldi. Yoshlar o‘rtasida -55 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Jamila Panfilova dast ko‘tarish mashqida 85 kg toshni bo‘ysundirib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, Panfilova ikki kurash (dast va siltab) yakuni bo‘yicha kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Avvalroq, Diyorbek Ermatov Osiyo chempionatida 1 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritgani to‘g‘risida xabar bergandik.

Ma’lumot uchun, bugun kun davomida Husinboy Matrasulov, Ahliddin Hasanov hamda Bobur Umidov (barchasi -67 kg) kabi o‘zbekistonlik sportchilar Osiyo chempionatida o‘z omadini sinab ko‘radi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

13

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing