Og‘ir atletika. Madina Fayzullayeva Osiyo chempionatida 5 medalni qo‘lga kiritdi

Sport

image

Toshkentda o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik Madina Fayzullayeva 5 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.

 2005 yilda tug‘ilgan atlet ham o‘smirlar, ham yoshlar toifasida ishtirok etib, jami 5 ta medalni qo‘lga kiritdi. -76 kg vazn toifasida qatnashgan Fayzullayeva dast ko‘tarishda 82 kg, siltab ko‘tarishda 106 kg, ikki kurash bo‘yicha esa 188 kg natija ko‘rsatdi. Bu og‘irliklar unga o‘smirlar toifasida har uch yo‘nalishda oltin, yoshlar kategoriyasida esa dast ko‘tarish va umumiy hisobda bronza medallarini keltirdi.

Avvalroq, Diyorbek Ermatov, Jamila Panfilova Osiyo chempionatida 2 tadan medal qo‘lga kiritgani to‘g‘risida xabar bergandik. 

Turnirning 7-kuniga kelib O‘zbekiston terma jamoasi hisobida 33 ta medal bor.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

88

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing