Og‘ir atletika: Layloxon Polvonnazarova Osiyo chempionatida 3ta medalni qo‘lga kiritdi
Sport
−
19 iyul 2022 7264 1 daqiqa
Joriy yilning 17 iyulidan boshlab Toshkent shahri og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bahslariga mezbonlik qilmoqda.
Osiyo chempionatining uchinchi kunida, yoshlar o‘rtasida -55 kg vazn toifasining “B” guruhidan bahslarda qatnashgan Layloxon Polvonnazarova siltab ko‘tarish mashqida 70 kg toshni bo‘ysundirib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. Layloxon dast ko‘tarish mashqida 91 kg og‘irlikni zabt etib, 3-o‘rinni hamda ikkikurash natijasiga ko‘ra umumiy 161 kg natija bilan katta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Diyorbek Ro‘zmetov bugun, 19 iyul kuni soat 18:30 da -61 kg vaznda Osiyo chempionatidagi ishtirokini boshlaydi.
Ma’lumot uchun, og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati joriy yilning 25 iyuliga qadar davom etadi.
Ma’ruf Abdumalikov
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr