Og‘ir atletika. Kolumbiya mundialida qatnashadigan o‘zbek sportchilari ma’lum bo‘ldi
Sport
−
25 Oktabr 2022
2799Joriy yilning 5-16 dekabr kunlari Kolumbiya poytaxti Bogota shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionati bahslari start oladi. Mundial bahslarida o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etadi.
Bugun, 25 oktyabr kuni musobaqada mamlakat sharafini himoya qiladigan O‘zbekiston vakillarining ro‘yxati e’lon qilindi. Bahslarda ishtirok etadigan o‘zbekistonliklar qatorida Olimpiada chempionlari Ruslan Nuruddinov va Akbar Jo‘rayevni ham ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ushbu nufuzli musobaqa Parij-2024 Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini berishi bilan ham juda ahamiyatlidir.
JCHda ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilar tarkibi:
-67 kg: Adhamjon Ergashev
-67 kg: Doston Yoqubov
-73 kg: Og‘abek To‘xtayev
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
-89 kg: Sarvarbek Zafarjonov
-102 kg: Sharofiddin Amriddinov
-109 kg: Ruslan Nuruddinov
+109 kg: Akbar Jo‘rayev
-55 kg: Nigora Abdullayeva
-81 kg: Rigina Adashbayeva
-87 kg: Tursunoy Jabborova
Shaxzod Shukurov
LiveBarchasi